Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 19 yanvar kuni uchta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Poytaxt Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko`ra, soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida:
- Davlat raqam belgisi 01 T 848 AB bo`lgan Malibu;
- Davlat raqam belgisi 10 T 803 WA Spark;
- Davlat raqam belgisi 01 H 747 RA bo`lgan Nexia-3 ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
Yo`l-transport hodisasi oqibatida Spark hamda Malibu haydovchilari tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






