AsosiyJamiyat

Andijonda 1 mlrd. so`mlik uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Andijonda 1 mlrd. so`mlik uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda DXX Chegara qo`shinlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Paxtaobod tumaniga qarashli chegara oldi hududida ot minib hakaratlanib kelayotgan fuqaro T.A. to`xtatilib belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, otning ustida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam aylanma yo`llar orqali respublikamiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan  umumiy qiymati 1 mlrd. 500 ming so`mlik 4 turdagi jami 279 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona  boshqarmasi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar