Xabaringiz bor, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Prezident qaroriga asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinishi belgilangan.
Shunga ko`ra, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan idoraviy hujjatlarni mazkur tizim orqali qabul qilish va e`lon qilish boshlangan. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, joriy yilning 6 yanvar kuni tizim orqali qabul qilingan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining dastlabki buyrug`ida xodimlarni vaqtincha biriktirish bo`yicha topshiriq va vazifalar belgilangan.
Yil boshidan bugunga qadar tizim orqali Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qabul qilingan 16 ta, viloyat yuridik texnikumi tomonidan 1 ta idoraviy hujjatlar e`lon qilingan.
Eslatib o`tamiz, Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e`lon qilish nazarda tutilgan.






