Poytaxt Transport bosh boshqarmasi haydovchiga tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma tuzilganini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 18 yanvar kuni Spark haydovchisi yo`nalishli transportlar harakati uchun alohida ajratilgan tasmada qoidani buzgan holda avtoulovini qoldirib ketgan.
“Unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 128-moddasiga ko`ra ma`muriy bayonnoma tuzilgan. Barcha haydovchilardan yo`l harakati qoidalariga rioya qilishni va ajratilgan tasmalarda mashinalarini qoldirib ketmaslikni so`raymiz”, — deyiladi xabarda.






