Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qor yog`ishi va sovuq havo tufayli Bodg`is, G`azni, Nimruz, G`or, Paktika, Hirot, Qandahor va Faryob, Sari-Pul Juzjon viloyatlarida 70 kishi halok bo`lgan, shuningdek, Bodg`is, Sari-Pul, Juzjon va Faryobda kamida 70 ming bosh qoramol nobud bo`lgan. Bu haqda Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirlikning favqulodda vaziyatlar bo`yicha tezkor markazi rahbari mulla Abdulla Muhammadiy.
Afg`oniston aholisi bu qishda misli ko`rilmagan sovuq bo`layotganini aytmoqda. Ularning fikricha, sovuq mavsumda qurbonlar sonining ko`payishiga sabab — qashshoqlik va ishsizlik.
Eslatib o`tamiz avvalroq, Afg`onistonning Hirot, Bag`lon va G`azni viloyatlarida anomal sovuq tufayli 24 nafar giyohvand va bir nafar cho`pon vafot etgan edi.
Shuningdek, anomal sovuqdan sakkiz mingga yaqin jonivor halok bo`lgan edi.






