AsosiyDunyo

"Tolibon" vakillarining Twitter’dagi "galochka"lari o`chirib tashlandi

'"Tolibon" vakillarining Twitter’dagi "galochka"lari o`chirib tashlandi'ning rasmi

"Tolibon» vakillarining Twitter akkauntlaridagi verifikasiya belgilari ya`ng` "ko`k galochka" olib tashlandi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, "Tolibon" ning kamida ikki amaldori — axborot olish bo`limi boshlig`i Hidayatulloh Hidoyat va OAV nazorati bo`limi rahbari Abdulhaq Hammad verifikasiya belgisini olgan. Ularning Twitter’da mos ravishda 187 000 va 170 000 a`zosi bor. Afg`oniston rasmiylarining akkauntida 16 yanvar kuni "galochka"  qayd etilgan.

O`sha kuni sobiq "Tolibon" rasmiysi Twitter’ning egasi Ilon Maskni maqtab, "Twitter’ni yana ajoyib qilib qo`yayotganini" qayd etgan. Bu ko`plab foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo`lgan. Hodisadan bir kun o`tib, 17 yanvar kuni "Tolibon"dan tasdiqlash belgisi olib tashlangan. Biroq ularni ijtimoiy tarmoq yoki egalarining o`zlari olib tashlaganmi, aniq emas.

 

    Boshqa yangiliklar