Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Mudofaa vazirligi tomonidan «Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik liseylar, shuningdek akademik liseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror, shuningdek, unga qo`shimchani o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida»gi qaror joylashtirildi.
Unga ko`ra Mudofaa vazirligining tegishli qarori bilan harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik liseylar, shuningdek akademik liseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom bekor qilindi.
Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy ta`lim muassasalarining ilmiy xodimlari va o`qituvchilari lavozimiga tayinlash ham bekor qilinadi. Mazkur qarorlar rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






