AsosiyDunyo

Peruda favqulodda holat e`lon qilindi

'Peruda favqulodda holat e`lon qilindi'ning rasmi

Peru hukumati norozilik namoyishlari tufayli 15 yanvardan boshlab mamlakatning ayrim hududlarida, jumladan, poytaxt Limada ham favqulodda holat e`lon qildi. Bu haqda LaRepublica gazetasi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, maxsus rejim 30 kunga joriy etildi.

"2023 yilning 15 yanvaridan boshlab Puno, Kusko, Lima, Kalyao hududlarida, Apurimak hududining Andauaylas provinsiyasida, Madre-de-Dios hududining Tambopata va Taxuamanu provinsiyalarida, shuningdek, Mokegua hududining Mariskal-Neto provinsiyasidagi Torata shahrida 30 kalendar kun muddatga favqulodda holat e`lon qilinsin", — deyiladi farmonda.

Ichki tartib Peru milliy polisiyasi va Qurolli kuchlar tomonidan ta`minlanadi.

Farmon beshta avtomagistralni, jumladan, Janubiy va Shimoliy Pan-Amerika magistrallarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, Puno shahri aholisiga soat 20:00 dan 04:00 gacha uylarini tark etish taqiqlanadi. Taqiq o`n kun davomida amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar