AsosiyJamiyat

Buxorodagi turistik markaz qurilishi uchun stadion buzilmaydigan bo`ldi

'Buxorodagi turistik markaz qurilishi uchun stadion buzilmaydigan bo`ldi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev jamoatchilikning e`tiroziga sabab bo`lgan Buxoro shahrida qurilishi rejalashtirilgan turistik markaz qurishni to`xtatishga shaxsan topshiriq bergan. Shuningdek, "Buxoro" futbol klubiga tegishli bo`lgan stadion buzilmasligi ham aytilmoqda. Ushbu turizm markazi boshqa hududda qurulishi mumkin.

Ma`lumot uchun, avvalroq Buxoro shahri qoq markazida 2023 yilda turizm markazi qurilishi rejalashtirilgandi, buning uchun shaharning Ibrohim Mo`minov va Mustaqillik ko`chalari o`qi atrofidagi barcha bino va inshootlar buzilishi aytilgan. Jumladan, katta sport majmuasi ham. Markaz 33 gektar maydonda quriladi. Ushbu maqsadlar uchun Buxoro viloyati byudjetidan 2023 yilda 517 milliard so`m ajratilishi ko`zda tutilgan.
 

    Boshqa yangiliklar