Turkmanistonda birinchi er osti gaz saqlash inshooti quriladi.
Mamlakat Bosh vazir o`rinbosari Shohim Abdrahmonovning so`zlariga ko`ra, Turkmanistonda birinchi erosti gaz ombori qurilishi tovar gaz zaxiralari bilan ta`minlashga mo`ljallangan. Bu haqda u hukumat yig`ilishida aytgan.
Bosh vazir o`rinbosari xalqaro amaliyotga muvofiq, omborning texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, loyihalash, jihozlash va qurish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilayotganini qo`shimcha qilgan.
Xabarlarga ko`ra, respublika prezidenti Serdar Berdimuhamedov ma`ruzani tinglab, gaz resurslaridan oqilona va samarali foydalanish muhimligini hamda ishonchli xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada oshirish choralarini ko`rish zarurligini ta`kidlagan.
Tabiiy gaz zaxiralari bo`yicha Turkmaniston Rossiya, Eron va Qatar bilan bir qatorda dunyoning to`rtta etakchisi qatorida turadi.






