AsosiyJamiyat

Farg`ona, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarda qishqi ta`til muddati yana o`zgardi

'Farg`ona, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarda qishqi ta`til muddati yana o`zgardi'ning rasmi

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta`lim sohasidagi vakolatlariga asoslanib, viloyatlarda sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib, viloyatlarda o`qish boshlanishi sanasi o`zgarmoqda

Xususan, Buxoro viloyatidagi mavjud umumta`lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda barcha maktabgacha ta`lim muassasalarida qishki ta`til 18 yanvarga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, Sirdaryoda 325 ta maktab va 199 ta bog`chada dars hamda mashg`ulotlar 18 yanvardan boshlanishi belgilandi. 

Farg`ona viloyatidagi 975 ta umumta`lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda barcha maktabgacha ta`lim muassasalarida qishki ta`til 18 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Aytilishicha, o`qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat ta`lim muassasalari ma`muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar