O`zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Senati a`zosi, “Do`stlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi.
U 1976 yil Farg`ona davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Farg`ona tumanlari maktablarida o`qituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. “Farg`ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetasi, Farg`ona viloyati hokimi o`rinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan. Hozirgi kungacha, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg`ona viloyati bo`limi rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.
E.Siddiqovaning “Qorako`z turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Ko`ngil ufqlari”, “Ishq ifori” nomli she`riy, “Sirli tun faryodi” nomli nasriy hamda bir qator badiiy-publisistik kitoblari nashr etilgan. “Do`stlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibasi edi.






