AsosiyJamiyat

O`zbekistonda poezdlar harakati jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi

'O`zbekistonda poezdlar harakati jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi'ning rasmi

O`zbekistonda 13 yanvar kuni anomal sovuq sabab poezdlar harakati jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «O`ztemiryo`lyo`lovchi» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu kabi qaror yo`lovchi poezdlar harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida qabul qilingan. Shuning uchun bugun yo`lovchi poezdlarning jo`nash hamda manzilga etib borish vaqtlarida o`zgarishlar bo`ladi.

«Har bir yo`lovchini o`z manziliga xavfsiz olib borilishini ta`minlash eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olgan holda, ‘O`ztemiryo`lyo`lovchi’ AJ rahbariyati yo`lovchilardan, kelib chiqqan bunday vaziyatni to`g`ri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, 13 yanvar tongida Buxoro—Toshkent yo`nalishi bo`yicha harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar poezdi nosozlik sabab «Malik» stansiyasida to`xtab qolgan. Yo`lovchilarni poytaxtga olib kelish uchun u erda zaxira tarkib yo`naltirilgan.

    Boshqa yangiliklar