Xo`janddagi tug`ruqxonada tug`ilgan olti nafar bola vafot etdi. Bu haqda "Aziya-Plyus" telegram kanali xabar bermoqda.
Kecha ularning ahvoli barqaror deb baholangan edi. Egiziklarning ikki nafari o`g`il va 4 nafari qiz edi.
Bugun, 12 yanvar kuni Xo`jand shahridagi viloyat tug`ruqxonasi bosh shifokori Nuri Dadoboeva barcha yangi tug`ilgan chaqaloqlar vafot etganini tasdiqlagan. N.Dadoboev bolalar o`limining asosiy sabablari erta tug`ilish va vaznning kamligi ekanligini aytgan.






