AsosiyJamiyat

Farg`onada bolalarga noqonuniy diniy ta`lim berayotgan shaxs aniqlandi

'Farg`onada bolalarga noqonuniy diniy ta`lim berayotgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Yozyovon tumanida 10 nafar bolaga hujrada noqonuniy diniy ta`lim bergan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 7 yanvar kuni Yozyovon tuman IIB hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari to`liq diniy ma`lumotga ega bo`lmay turib diniy idoralar ruxsatisiz, yashash xonadonida hujra tashkil etgan shaxsni aniqladi.

"Navro`z" mahalla hududida yashovchi 1981 yilda tug`ilgan M.A. 10 nafar voyaga etmagan bolaga diniy adabiyotidan foydalanib, 2023 yilning yanvar oyining boshidan buyon ta`lim berib kelgani ma`lum bo`ldi. Hujradan 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib ko`rishlik uchun hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 241-moddasi (Xususiy mulk huquqini buzish) tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar