AsosiyJamiyat

Ohangaronda noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta "zapravka" aniqlandi

'Ohangaronda noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta "zapravka" aniqlandi'ning rasmi

Ohangaron tumanidagi ikkita AGTKSh tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 10 yanvar kuni soat 02:10lar atrofida ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, «O`zar» MFYda joylashgan “Barhayot plyus” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) belgilangan o`chirish grafigiga rioya etmagan holda faoliyat ko`rsatayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu hududda joylashgan “Metan trans servis” MChJ hamda “Barhayot plyus” MChJga qarashli AGTKShlarning gaz hisoblagichlari belgilangan tartibga zid ravishda o`rnatilganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur shoxobchalarning gaz hisoblash uskunalari ekspertizadan o`tkazilganda, ushbu uskunalar foydalanishga yaroqsiz deb topildi va oxirgi nazorat kunidan bugungi kunga qadar qayta hisob-kitob qilindi. Natijada “Barhayot plus” MChJ va “Metan trans servis” MChJlarga 300 mln so`mdan (jami 600 mln so`m) qo`shimcha tabiiy gaz hisoblandi.

Shu bilan birga, “Barhayot plus” MChJda 31 mln so`m hamda “Metan trans servis” MChJda 80 mln so`m (jami 111 mln so`m) elektr energiyasi uchun qarzdorligi aniqlandi.

Mazkur gaz to`ldirish kompressor shoxobchalar tabiiy gaz tarmog`idan uzildi.

    Boshqa yangiliklar