Toshkent shahar IIBB va Samarqand viloyati IIB fuqarolardan sovuq kunlarda boshpanasiz ko`chaga qolgan insonlar haqida xabar berishlarini so`ramoqda.
"Agar siz ko`chada boshpanasiz qolgan fuqarolarni ko`rsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-49-14 raqamiga yoki yaqin oradagi IIBga yoxud 102 raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Toshkent shahar IIBB tomonidan ular uchun boshpana va issiq ovqat tashkillashtiriladi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan telefon raqami hozirda Toshkent shahar IIBB qoshidagi “Mehr saxovat uyi”ga tegishli emasligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.
Shuningdek:
"Ko`chada uysiz odamni ko`rsangiz, quyidagi raqamlarga qo`ng`iroq qiling: 66-233-00-03, 66-233-00-04 va manzilini ham ayting!
Samarqand viloyati IIB tomonidan tashkil etilgan uysizlar uchun boshpana tashkil qilingan.
Xodimlar kelib, uysiz odamni boshpanaga olib boradilar, unga yordam berishadi, issiq to`shak va ovqat bilan ta`minlaydilar", - deyiladi Samarqand IIB xabarida.






