AsosiyJamiyat

Ohangaronda otaning yosh bolasiga tirik ilonlarni o`ynashga undayotgani aks etgan video tarqaldi (video)

'Ohangaronda otaning yosh bolasiga tirik ilonlarni o`ynashga undayotgani aks etgan video tarqaldi (video)'ning rasmi

Ijtiomiy tarmoqlarda yosh bolaning hovlida ilonni ushlab yurgani va bu harakatni amalga oshirishga uning otasining o`zi undayotgani haqidagi video tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`ldi.

Toshkent viloyati hokimligining ma`lum qilishicha, voqeadagi holat Ohangaron tumanining "Go`shsoy" mahallasida 2022 yilning iyun oyida sodir bo`lgan.

Ohangaron tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`limi boshlig`i ushbu xonadonda bo`lib,  yosh farzandini ilon bilan o`ynashiga yo`l qo`yib bergan ota - 1995 yilda tug`ilgan fuqaro Feruz Nurboevga bu qilig`i bolaning hayoti va sog`iligiga xavf solishi mumkinligini tushuntirgan.

Fuqaro o`z qilmishi to`g`ri bo`lmaganligini tan olib, nojoiz xatti-harakatlari oqibatida farzandiga zarar keltirishi haqida o`ylamaganligi, ayniqsa, holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi boshqalar uchun ham zarar keltirishi mumkinligini bilmaganligini ta`kidlagan.

Shu o`rinda fuqarolardan har qanday holatda ham yovvoyi hayvonlarga duch kelgan taqdirda o`zingiz, farzandingiz va yaqinlaringizning hayotiga befarq bo`lmaslik, shuningdek, turli jonzotlarning zararsiz ekanligini targ`ib qilishga qaratilgan axborotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdan saqlanishlari so`ralmoqda. 

    Boshqa yangiliklar