AsosiyJamiyat

"Qator hududlarda maktabgacha va maktab ta`limi muassasalarida isitish tizimlari to`laqonli yo`lga qo`yilmagan."

'"Qator hududlarda maktabgacha va maktab ta`limi muassasalarida isitish tizimlari to`laqonli yo`lga qo`yilmagan."'ning rasmi

"Yuksalish" umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov mahalliy davlat hokimiyati organlari va ta`lim jarayonlariga mas`ul hududiy idoralarni maktabgacha va maktab ta`limi muassasalarida o`qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko`rib chiqishga chaqirdi.

"Avvalo, anomal sovuq va yog`ingarchilik sharoitida o`quvchilarning ta`lim muassasiga etib kelishi keskin qiyinlashadi. Ayrim qishloqlarda bolalar bir necha kilometr piyoda yurib, maktabga qatnashini inobatga olish zarur. Qolaversa, murojaatlarga ko`ra, qator hududlarda maktabgacha va maktab ta`limi muassasalarida isitish tizimlari to`laqonli yo`lga qo`yilmagan.

O`qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat ta`lim muassasalari ma`muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim», — deb yozadi Bekmurodov.

Eslatib o`tamiz, 5 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig`ilish bayoniga asosan, O`zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo`g`indagi ta`lim muassasalarida qishki ta`til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi va 10 yanvar kuni Hukumat ushbu qarorini o`zgartirib, 11 yanvardan universitetlar, texnikum, kollej va akademik liseylarda bosqichma-bosqich dars mashg`ulotlari boshlanishini ma`lum qildi. 

Vazirlar Mahkamasining o`zgartirilgan e`loniga qadar Andijon, Farg`ona, Xorazm, Samarqand viloyatlaridagi maktablarda 11 yanvardan o`qish boshlanishini xabar qilingan edi.

 

    Boshqa yangiliklar