AsosiyJamiyat

Farg`ona maktab va bog`chalarida o`qish 16 yanvardan boshlanadi

'Farg`ona maktab va bog`chalarida o`qish 16 yanvardan boshlanadi'ning rasmi

Ertadan, 11 yanvardan Farg`ona viloyatidagi 12 ta oliy o`quv yurtlari, 76 ta texnikumlar, kollejlar, kasb-hunar maktablarida o`qishlar boshlanishi belgilangan.

Viloyat hokimligi bergan xabarga ko`ra, hududdagi 975 ta umumta`lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda esa o`qish 16 yanvar, dushanba kunidan boshlanishiga qaror qilingan.

Viloyatdagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari ham 16 yanvardan odatiy faoliyatiga qaytadi.

Eslatib o`tamiz, 5 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig`ilish bayoniga asosan, O`zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo`g`indagi ta`lim muassasalarida qishki ta`til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi va 10 yanvar kuni Hukumat ushbu qarorini o`zgartirib, 11 yanvardan universitetlar, texnikum, kollej va akademik liseylarda bosqichma-bosqich dars mashg`ulotlari boshlanishini ma`lum qildi. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar