O`zbekistondagi kuchli qor sabab "Uzbekistan Airways" ayrim reyslar vaqtini surdi, o`zgartirdi va bekor qildi.
Jumladan, kompaniyaning ma`lum qilishicha, Flydubai aviakompaniyasining Dubay – Samarqand yo`nalishi bo`yicha FDB769 reysi aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Navoiy shahridagi muqobil aerodromga qo`ndi.
Soat 05:04 da samolyot qaytib Samarqandga uchdi.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasining HH756 Moskva – Samarqand yo`nalishi bo`yicha parvoz qilayotgan samolyot aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkentdagi muqobil aerodromga yo`naltirildi.
“Samarqand” aerodromida qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Andijon - Samarqand - Andijon yo`nalishi bo`yicha HY049/HY050 reyslari esa noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilindi.
HY091/HY092 Toshkent - Andijon - Toshkent reysi o`zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Andijon aeroportiga etib kelish soat 14:00.
Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.
HY9605 Samarqand – Moskva, HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg yo`nalishidagi reyslari ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirildi.
Shuningdek, Flydubai aviakompaniyasining Samarqand-Dubay yo`nalishi bo`yicha FZ770 reysi esa soat 19:00 ga ko`chirildi.
Hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo`nish yo`lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo`natish bo`yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.






