AsosiyDunyo

Tolibon Afg`onistonda 25 kishini o`ldirganini tan olgan Britaniya shahzodasini tergov qilishni talab qildi

'Tolibon Afg`onistonda 25 kishini o`ldirganini tan olgan Britaniya shahzodasini tergov qilishni talab qildi'ning rasmi

Tolibon Afg`onistonda xizmat qilayotganda 25 kishini o`ldirganini tan olgan Britaniya shahzodasi Garrining harbiy jinoyatlarini tergov qilishni talab qilmoqda. Bu haqda afg`on guruhi vakili Suhayl Shahin ma`lum qilgan.

Gap Garri Afg`oniston janubida joylashgan Kemp Bastion bazasida harbiy xizmatni o`tagan 2012-2013 yillar haqida ketmoqda. O`shanda Garri "Apache" vertolyotini boshqargan va 25 jangarini yo`q qilishga muvaffaq bo`lgan. Shahzoda yaqin atrofda tinch aholi yo`qligiga amin ekanligini aytgan.

U o`z xotiralarida “Buyuk Britaniyaga butun a`zolarim bilan qaytishni istardim, lekin bundan ham ko`proq vijdonim toza holda vatanga qaytishni xohlardim”, deb qayd etgan.

Shahin Sky News  telekanaliga bergan intervyusida halok bo`lganlarni “Afg`on ozodligi uchun kurashuvchilar” va  shahzodani ingliz bosqinchisi deb atagan. Shunday qilib, shahzoda Garri insoniyatga qarshi jinoyat qilgan bo`lib chiqmoqda.

“Ular xalq qahramonlari edi, siz esa ularning dushmani edingiz”, deb qo`shimcha qilgan ma`ruzachi.

 

    Boshqa yangiliklar