AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maktab o`quvchilarining o`quv yuklamalari kamaytirildi

'O`zbekistonda maktab o`quvchilarining o`quv yuklamalari kamaytirildi'ning rasmi

O`zbekistonda maktab o`quvchilarining o`quv yuklamalari kamaytirildi. Bu haqda Sanepidxizmat  Matbuot xizmati xabar berdi.

Bu tartib umumta`lim maktablarida ta`lim sharoitlari va tashkil etilishiga qo`yiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son SanQvaN) ilovasiga muvofiq kiritilgan o`zgartirishlar va qo`shimchada aks etgan.

 Unga ko`ra, haftalik o`quv yuklamasining maksimal darajasiga bo`lgan gigienik talablar quyidagicha belgilandi:

  • 1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko`p bo`lmasligi kerak (5 soatlik o`quv kunida jismoniy tarbiya yoki engil fanlar — texnologiya, tasviriy san`at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o`qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.
  • 2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko`p bo`lmasligi kerak (5 soatlik o`quv kunida jismoniy tarbiya yoki engil fanlar — texnologiya, tasviriy san`at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o`qitiladi);
  • 5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko`p bo`lmasligi kerak;
  • 10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko`p bo`lmasligi kerak;

 

 Bir yil davomida o`quv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.

 

 

    Boshqa yangiliklar