Soliq mobil ilovasining yangi funksiyalar va yangilangan interfeysga ega takomillashtirilgan versiyasi foydalanuvchilar e`tiboriga taqdim etiladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
- Android telefon uchun quyidagi havolada yuklab olishingiz mumkin.
- TaxFree - chet el fuqarolari tomonidan O`zbekiston hududida xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarish tizimi quyidagi havolada.
Ma`lumot uchun:
Mobil ilovada cheklarni skanerlagandan so`ng Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Urganch xalqaro aeroportlarida TaxFree"ni rasmiylashtirish mumkin.
Tizim orqali QQS solig`ini qaytarish tatbiq etiladigan tovarlar ro`yxati bilan tanishi uchun havolaga o`ting.
- Ingliz tilidagi Interfeys;
- ️Ota-onalar uchun soliqlarni to`lash - Face ID orqali avtorizasiyadan o`tgandan so`ng tizimda avtomatik ravishda foydalanuvchining ota-onasi haqidagi to`liq ma`lumotlar shakllanadi;
- ️Fuqarolarning er va mol-mulk soliqlaridan qarzi yo`qligi to`g`risidagi ma`lumotnomani onlayn olish;
- ️Takomillashtirilgan navigasiya.






