AsosiyJamiyat

Yanvarning ikkinchi yarimida O`zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati -13 daraja sovushi mumkin

'Yanvarning ikkinchi yarimida O`zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati -13 daraja sovushi mumkin'ning rasmi

Yanvar oyining ikkinchi o`n kunligi boshlarida O`zbekistonning katta qismi sovuq antisiklon ta`sirida bo`lishi mumkin. Bu haqda  O`zgidrimet xabar bermoqda. 

Hozirda Skandinaviya yarim oroli sharqidagi sovuq antisiklon markazi kelayotgan ikki uch kunlikda Rossiya g`arbida haroratni sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Masalan, poytaxt Moskvada 6-7 yanvar tunlari harorat mininumlari -25 daraja sovuq bo`lishi prognoz qilingan.

Sovuq antisiklon harakati avvaliga janub, so`ngra sharqqa tomon yo`naladi va 9-10 yanvarda Rossiya markazini egallaydi. Bunda asta-sekin O`zbekistinning shimol hududlari ham antisiklon chekka qismi ta`siriga tusha boshlaydi.  

Xususan, 9 yanvar kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida tunlari harorat minimulari -13 daraja sovuq bo`lishini ta`kidlagan.  

O`zgidrimet 9 yanvar kuniga qadar O`zbekiston avvaliga (5-6 yanvar) qo`shni Turkmaniston orqali iliq havo ta`sirida, keyinroq nam havo ta`sirida bo`lib turishini ma`lum qilgan. Antisiklon kirib kelish bosqichida nam havo oqimlari joylardan qor yog`ishi bilan o`tishi oydinlashgan.

"O`zgidromet sinoptiklari vaziyatni sinchkov o`rganishmoqda. Vaziyatga qarab, voqealikka uch to`rt kun qolganda hududlar kesimida to`liqroq va batafsil ogohlantirish xabari ishlab chiqishi mumkin" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar