AsosiyJamiyat

​"Quramax Medical” tomonidan yurtimizga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi to`xtatildi — SSV

'​"Quramax Medical” tomonidan yurtimizga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi to`xtatildi — SSV'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov O`zbekistonda “Quramax” dori vositalari sotilishini to`xtatish bo`yicha topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan o`tkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga ko`ra, ushbu preparatlar normativ hujjatda ko`rsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan. 

Xususan, ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o`rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi ma`lum bo`ldi. 

Shuni inobatga olgan holda aholi salomatligini muhofaza qilish va qolgan dorilarni ham qo`shimcha tekshiruvdan o`tkazish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida “Quramax Medical” MChJ tomonidan 2022 yil yurtimiz hududiga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvi to`xtatildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Ayni paytda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari xodimlari o`ziga biriktirilgan barcha xonadonlarda faol patronaj ishlarini olib bormoqda. 

Bunda, uyma-uy yurgan holda “Xonadon dori qutisi”ni shaxsan nazoratdan o`tkazish, muddati o`tgan preparatlar, saqlash qoidalari buzilgan hamda “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va iste`moldan chiqarish yuzasidan zarur choralar ko`rilmoqda. 
 

    Boshqa yangiliklar