Dekabr oyida O`zbekistonga keltirilgan "Dok-1 MAKS" dorisining 3 ta partiyasi, ya`ni, salkam 60 ming qutisi qat`iy nazorat ostida saqlanmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasiga tayanib O`zA yozmoqda.
Ma`lum qilinishichaa, bundan tashqari, ushbu dorining ilgari keltirililgan 2 ta partiyasi ham DBQ omborida ushlab turilibdi.
Bojxona organlari tomonidan salbiy holatlar kuzatilgan ilk kunlardanoq dori vositasini erkin muomalaga chiqarmaslik bo`yicha barcha choralar ko`rilgan.
Eslatib o`tamiz, zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlari aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshladi va sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi.
Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga etgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Ushbu voqealar ortidan Qirg`izistonda ham “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlandi. 30 dekabrdan boshlab esa Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan O`zbekistondagi barcha dori vositalarining savdosi to`xtatildi.
Sal avval Toshkentda ham o`nlab bola "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol..." Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, 2023 yil 2 yanvar kuni Farg`onada 3 yashar bola “Dok-1 Maks” siropini ichishi oqibatida doridan o`tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgan bolakay ayni paytda vafot etgani aytilmoqda.
Shuningdek, Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonda Quramax kompaniyasi dorilari savdosini to`xtatish bo`yicha topshiriq berdi.






