Aqto`beda bir ayol ustiga chiqindixona tushib ketishi oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda "Sputnik Qozog`iston" xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, fojia yangi yilning birinchi kunida sodir bo`ldi. Chiqindi konteynerlarini bo`shatib turuvchi "KamAZ"da ko`taruvchi mexanizm buzilib, metall konteyner 38 yoshli ishchining ustiga qulagan. Ayol olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish” moddasi bilan tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan.






