Qor ko`chkisi xavfi sababli 4 yanvar kuni soat 00:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yo`lining Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Ayni daqiqalarda tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xabarda Qamchiq dovonini qayta ochilishi bo`yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etishini aytib o`tgan.






