AsosiyJamiyat

⚡️Samarqandda bayram kuni mashinasida "drift" bajargan haydovchiga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi

'⚡️Samarqandda bayram kuni mashinasida "drift" bajargan haydovchiga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

Samarqandda bayram kuni mashinasida "drift" bajargan haydovchiga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 31 dekabr kunidan 2023 yil 1 yanvar kuniga o`tar kechasi soat 01:00 larda Samarqand shahrining "Xo`ja Ahror Valiy" ko`chasida "Mercedes-Benz" rusumli, 01L700OA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug`ilgan R.A. atrofdagi fuqarolar e`tiborini jalb etish maqsadida xavfli bo`lishiga qaramasdan turli manyovrlar bilan "drift"lar bajargan. Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganligi etmagandek, uni tartibga chaqirishga uringan xodimlarning ham qonuniy talablariga bo`ysunmagan.

Yuqoridagi holatlar bo`yicha to`plangan hujjatlar bugun, 2023 yil 3 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi tomonidan o`rganilib, fuqaro R.A.ning xatti-harakatlarida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-, 194-modda 1-qism va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq holat yuzasidan viloyat IIBning bergan ma`lumotlarini e`lon qilgan edik.

    Boshqa yangiliklar