Ukraina Bosh prokuraturasi ma`lum qilishicha, Rossiya agressiyasi boshlanganidan beri Ukrainada 1322 nafardan ortiq bola jabrlangan. 31 dekabr ertalabki holatga ko`ra, bir sutkada qurbon bo`lgan bolalarning rasmiy soni o`zgarmadi – 450. Yaralangan bolalar soni o`zgarishsiz qoldi – 872 bola.
Bolalarning aksariyati Donesk viloyatida - 428, Xarkovda - 268, Kievda - 117, Nikolayda - 81, Zaporojeda - 80, Xersonda - 77, Chernigovda - 68, Luganskda - 65, Dnepropetrovskda - 40ta jabrlangan.
Rossiyaning o`qqa tutilishi Ukrainadagi 3126 ta ta`lim muassasasiga zarar etkazgan. Ulardan 337 tasi butunlay vayron qilingan.






