Yangi yil bayramini hammadan ko`ra ko`proq bolalar intiqib kutishi sir emas. Nega deysizmi? Chunki ular bu kunda “Qorbobo va qorqiz”dan, to`g`rirog`i ota-onalaridan hamda yaqinlaridan kutilmagan sovg`a olishni xush ko`rishadi. Xo`sh, bu yilgi bayramda ularga nima sovg`a qilish mumkin?
Kichkintoylar uchun musiqiy asboblar
Agar bola ilk yoshidan boshlab bog`cha va maktabdagi musiqiy chiqish va bayramlarda faol bo`lsa, uning uchun eng ma`qul sovg`a bolalar gitarasi yoki sintezator bo`lishi mumkin.
Bolalar gitarasi narxi: 100 000 - 150 000 so`m
Sintezator: 200 000 - 700 000 so`m
5 yoshli bolalar uchun sevimli qahramonlari to`plami
4-5 yoshli bolakaylar multfilmlar tomosha qilishi, mustaqil tarzda hatto kitob o`qishi mumkin. Asta-sekin ularda sevimli qahramonlar paydo bo`ladi.
Misol uchun, qizchalar «Vinks» qo`g`irchoqlari va «MyLittlePony» multfilmidagi ponilarni, lego o`yinchoqlari va «Yulduzli urush» qahramonlari o`yinchoqlarini yig`ishni yoqtirishadi. Ba`zi bolakaylarning esa avtomashina modellarini yig`ish jonu-dili. Buning uchun farzandingiz qiziqishlarini yaxshi bilishingiz kerak, albatta.
LEGOkonstruktori (HarryPotter, StarWars, Minecraftva boshqalar) – qismlar va konstruksiyalar kattaligiga qarab - 300 000 dan 2 000 000 so`mgacha.
Marvel superqahramonlari shakllari– sifatiga qarab narxi 50 000 dan 450 000 so`mgacha
Barbi (Barbie) qo`g`irchoqlarini - 175 000 - 240 000 so`mgacha;
Vinks qo`g`irchoqlarini (Winx) esa - 250 000 so`m atrofida xarid qilish mumkin.
Temir yo`l yoki avtotrek
O`yinchoq bozorida temir yo`llar va avtoyo`llarning shunchalik turi ko`pki, ko`zlar qamashadi. Ayniqsa, real temir yo`lga o`xshagan, boshqaruv pulti bo`lgan temir yo`lni nafaqat bolalar, balki otalarning o`zi ham maza qilib o`ynasa kerak. Axir bu hech qachon eskirmaydigan va har doim bolaning ko`zini quvnatadi.
Avtotrekli to`plamga ega mashinalar narxi - 300 000 - 350 000 so`mgacha.
Bir dona Hotwheelsmashinasi- 42 000 so`mdan boshlanadi.
Boshqaruv pultiga ega temir yo`l - 300 000 - 650 000 so`mgacha.
O`smirlar uchun simsiz quloqchinlar
Barcha o`smirlar musiqa eshitishni yoqtiradi. Shuning uchun bu sovg`a albatta, ularga ma`qul kelishi aniq. Ushbu quloqchinlar – «tomchi» ko`rinishda bo`lib, simsiz Bluetooth qurilmasi orqali bog`lanadi. Ular alohida qulay idishda bo`lib, o`sha joyning o`zidayoq quvvat oladi.
O`yinchoqning o`rtacha narxi brend, nusxasi va murakkab tuzilmalariga qarab 120 000 dan 3 000 000 so`mgacha bo`lishi mumkin.
Bloger to`plami
Hozirda ko`pgina o`smirlar o`zini blogerlikda sinab ko`rmoqda. Bunda ularning eng asosiy ish boshlaydigan vositasi – alohida to`plamga ega bo`lishidir. Uning ichiga – telefon uchun ushlagich, mikrofon-ilgich, shuningdek, selfi-aylana – u smartfon ortiga o`rnatilib, s`mka paytida suratga tushiradigan inson yuzini yorqin va chiroyli qilib ko`rsatish uchun xizmat qiladi.
Telefon uchun shtativ - 180 000 so`mdan
Selfi-aylana chirog`i - 250 000 so`mdan
Mikrofon-ilgich - 75 000 so`mdan.
Ovozli yordamchisi bo`lgan kolonka
"Alisa", "Marusya" yoki boshqa istalgan ovozli musiqiy kolonkani sovg`a qilish ham bolakaylarga yoqishi mumkin. Undan o`qish paytida, hamda dam olishda bolaning turli savollariga javob berishi bilan foydali.
Xiaomi Mi Smart Speakerning «Marusya» ovozliyordamchisi - 615 000 so`mgacha
Yandeks aqlli musiqiy kolonkasi, «Alisa» ovozli yordamchisi – taxminan 1 300 000 so`mgacha.
QAERDAN OLAMIZ?
Kichkintoylar uchun mo`ljallangan o`yinchoqlarni o`yinchoq do`konlari va bozor savdo rastalaridan bemalol topish mumkin.
V. MUSTAFIN tayyorladi






