Bu vaqtda ayollar sog`liqlari bilan bog`liq muammolarni hisobga olib, ovqatlanish tartibiga alohida e`tibor berishlari lozim.
* 40 yoshdan oshgan ayollar kunduzi, albatta, yaxna mevalardan iste`mol qilishlari zarur. Bu me`da-ichak faoliyatini yaxshilaydi.
* 40 yoshdan oshgan ayollarda qalqonsimon bez bilan bog`liq muammolar tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun organizmga yod, selen, fosfor, E va C vitaminlari zarur bo`lib, bular dengiz mahsulotlari hamda undirilgan bug`doy tarkibida ko`p bo`ladi.
*Bu yoshda ayollarga oqsil juda zarur. Katta miqdordagi oqsil, go`shtda mavjuddir. 45 yoshdan oshganingizdan so`ng go`shtning hazm bo`lishi qiyinroq ekanligini hisobga olib, qush go`shtlarini ko`proq iste`mol qilishingizni tavsiya etamiz.
*Onkologik kasalliklar va yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish uchun soyadan tayyorlangan ovqatlarni ko`proq iste`mol qiling.





