Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi O`zbekiston dorixonalarida “Hindistonning “Marion Biotech Pvt.Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalarining realizasiyasini to`xtatish, realizasiya qilingan qoldiq dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish ko`rsatmasini berdi.
Ushbu dori vositasi respublikamizdagi barcha dorixonalar rastalaridan tezkorlik bilan yig`ib olindi.
Agar biror tadbirkorlik sub`ektida mazkur “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalari qolgan bo`lsa, sizdan bu haqda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligining murojaatlar bo`limiga zudlik bilan xabar berishingizni so`raymiz.
"Agar siz ham ushbu dori vositasini sotib olgan bo`lsangiz va hozir bu preparat uyingizda saqlanayotgan bo`lsa, uni zinhor qo`llamaslikni va quyidagi telefon raqamiga qo`ng`iroq qilishingizni so`raymiz. Murojaat uchun telefon: 71-203-27-77 Ushbu xabarni barcha yaqinlaringizga jo`natishingizni so`raymiz" deyiladi xabarda.






