Prezident yangi avlod o`quv darsliklari taqdimotida nutq so`zlamoqda:
"Mana bugun ta`lim sifatini oshirish, yangi darsliklar masalasida gaplashamiz. Xo`sh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim etkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obro`sini ko`tarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida ta`lim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab etyapmiz.
Bugun yoshlarimiz, bolalarimizning o`zi "Bizga kechagi kun ta`limi kerak emas" degan talabni qo`yishyapti. Hozirgi islohotlarimizni reajalashtiryapmiz, katta-katta marralarni qo`yyapmiz. Ularni aytish oson, lekin bajarish azob. Lekin har qancha qiyin bo`lmasin biz farzandlarimiz uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz shart.
Bugungi intiluvchi bolalar kelajakda sizning oltin fondingizga aylanadi. Ularning yutuqlaridan faxrlanasiz. "Men jonajon vatanim uchun qanday hissa qo`shyapman?!" degan savolga javob o`z ustimizda ishlashimiz va farzandlarimiz kamoloti bo`ladi.
Yilimiz nomini ham ta`limga bog`laganimiz bejiz emas. Bu masala mening doimiy diqqat markazimda bo`ladi. Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan to`xtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz bo`lishi bilan yana ko`paytiramiz".






