AsosiyDunyo

9 million ukrainalik elektrsiz qoldi

'9 million ukrainalik elektrsiz qoldi'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 26 dekabr, dushanba oqshomiga ko`ra, mamlakat aholisining deyarli to`rtdan bir qismi, ya`ni 9 millionga yaqin ukrainaliklar elektr ta`minotisiz qolganini aytdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

“Bugun tunda Ukrainaning turli mintaqalarida 9 millionga yaqin odam elektr tarmog`idan uzilgan. Ammo o`chirishlar soni va davomiyligi asta-sekin kamayib bormoqda. Bu natijani ta`minlagan har bir kishiga rahmat”, — dedi Zelenskiy videomurojaatida.

10 oktyabrdan beri Rossiya armiyasi muntazam ravishda Ukraina infratuzilmasiga raketa zarbalari berib kelmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy qo`mondonlik va boshqaruv ob`ektlari hamda mamlakat energetika tizimlarini zarbalar nishoni sifatida tanlagan. Zelenskiyning so`zlariga ko`ra, energetika ob`ektlarining o`qqa tutilishi va yo`q qilinishi sababli Ukrainaga qo`shimcha 2 milliard kub metr gaz kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar