Bugun, 22 dekabr kuni soat 18:01da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Jizzax shahar Mirzo Ulug`bek mahallasi Toshkent ko`chasi hududida joylashgan “Markaziy dexqon bozori”ning avtoturargohida bozor ma`muriyati tomonidan o`rnatilayotgan “Yangi yil archasi”da yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. Xabar yuzasidan zudlik bilan Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limining 2 ta Yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga etib borgan. Ushbu yong`in fuqarolar tomonidan o`chirib olingan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yong`in natijasida archaning 40 sm yuqori qismi yonib zararlangan. Yong`inning kelib chiqish sababi: bezak sifatida o`rnatilayotgan chiroqlarni yoqib sinovdan o`tkazish vaqtida yong`in sodir bo`lgan.
Yong`inda fuqarolarning kuyish tan jaroxati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.






