AsosiyJamiyat

Samarqandda mahalla raisi ayollarga shilqimlik qilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi

'Samarqandda mahalla raisi ayollarga shilqimlik qilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi'ning rasmi

Samarqand Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash boshqarmasi viloyatdagi mahalla raislaridan biri ayollarga shilqimlik qilayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik Hikmatullo degan mahalla raisi viloyat hokimini nomini sotib, ish qilib yuborgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

"Bu ham etmaganidek, mahallada ayollarga shilqimlik qilarkan. Eri Rossiyada musofirlikda degani, sen ularga erlik qilasan dengani emas, ey iflos! Hikmatullo sen ishongan odam seni lavozimingda olib qola olarmikana?!" deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holatni o`rganish boshlangan.

    Boshqa yangiliklar