AsosiyJamiyat

IIV va Transport vazirlari avtobus va metrodagi muammolarni o`rganmoqda(video)

'IIV va Transport vazirlari avtobus va metrodagi muammolarni o`rganmoqda(video)'ning rasmi

Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov hamda Transport vaziri Ilxom Mahkamov boshchiligidagi ishchi guruhi poytaxtdagi  jamoat transporti qulayliklari va muammolarni o`rganmoqda.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ishchi guruh tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan 8-sonli avtobus saroyida bo`lishgan.

Saroyning tasarrufidagi avtobuslar harakatlanadigan yo`nalishlarda aholi bilan jamoat transportida yo`lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va shu bilan birgalikda mavjud muammolarni  o`rganishmoqda

Vazirlarning omma oldiga chiqishlariga Shavkat Mirziyoev 13 dekabr kuni 18-avtobus saroyiga borgani turtki bo`ldi. O`shanda davlt rahbari Toshkent jamoat transportidagi muammolarni tanqid qilgan edi. Davlat rahbari avtobuslar soni kamligi, yo`lovchilar bekatlarda uzoq kutib qolayotganini aytgan edi. 

Shu kuni prezident topshirig`i bilan bahorgacha shaharga mingta yangi avtobus olib kelindi. 

 “Toshshahartransxizmat” tizimidagi avtobus haydovchilarining maoshi 5-6 million so`mga etkazildi.

    Boshqa yangiliklar