AsosiyJamiyat

Surxondaryoda bank kassiri fuqaroning plastik karta kodini bilib olib, 5 million so`mdan ortiq pulini echib oldi

'Surxondaryoda bank kassiri fuqaroning plastik karta kodini bilib olib, 5 million so`mdan ortiq pulini echib oldi'ning rasmi

Surxondaryoda bank kassiri firibgar bo`lib chiqdi. Bu haqda IIV xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida yashovchi T.B. ariza bilan murojaat qilib, noma`lum shaxs uning bank kartasidan jami 5.245.000 so`m pullarni echib olganligini bildirib, noma`lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, fuqaro bank kartasidagi pullarni bank kassasi orqali naqdlashtirib olganligi, shundan so`ng bir necha kun o`tib pullar echib olinganligi ma`lum bo`lgan.

Aniqlanishicha, bank kassasidagi xodima muqaddam JKning 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 3-qismi bilan sudlangan Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida yashovchi 1985 y.t., A.Sh. bank kartasi boshqaruvini o`ziga olib, keyinchalik pullarni o`zlashtirgan.

A.Sh.ga nisbatan O`zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar