Qattiq sovuq tuman tufayli ko`rish chegarasining pasayib ketishi (gorizontal - 200 m, vertikal 50 m) Qarshi xalqaro aeroportida reyslarni qabul qilish va jo`natishni cheklab qo`ydi, deya xabar bermoqda "UZBEKISTAN AIRPORTS".
Ma`lum qilinishicha, Qarshi aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman va havo harorati -3°) tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Toshkent-Qarshi” yo`nalishi bo`yicha, soat 08.00 da, uchishi lozim bo`lgan HY-77 reysi hali-hamon poytaxtdan ucha olmagan.
Qarshi aeroportidan xabar berilishicha, ko`rish masofasi asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin ikki soat ichida samolyotlarni qabul qilish va qo`yib yuborishga qo`yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin.






