AsosiyJamiyat

Zangiota tuman elektr ta`minoti korxonasiga bir guruh fuqarolar bostirib kirgani va "svet" o`chishidan norozilik bildirib, janjal chiqarishgani aytilmoqda

'Zangiota tuman elektr ta`minoti korxonasiga bir guruh fuqarolar bostirib kirgani va "svet" o`chishidan norozilik bildirib, janjal chiqarishgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr tarmoqlari  Distpecherlik markazida  bir guruh fuqarolarning navbatchi dispetcher bilan o`zaro janjali aks etgan video tarqaldi. Holatga “Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, 2020 yilning 27 fevral kuni Zangiota tuman elektr ta`minoti korxonasi dispetcherlik xonasiga bir guruh fuqarolar kirib svet o`chishidan norozilik bildirishgan hamda 
navbatchi dispetcher Luqmonov Sirojiddinni turli xil kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqoratlab, unga tazyiq o`tkazishgan hamda telefon apparatlari va boshqa jihozlarga shikast etkazishgan.

Shundan so`ng mazkur holat videosi joriy yilning 4 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Video tarqalgach Luqmonov Sirojiddin tomonidan tuman ichki ishlar bo`limiga ariza bilan mazkur qilmishni sodir etgan fuqarolar xatti-harakati ustidan murojaat qilindi. Hozirgi kunda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda "Hududiy elektr tarmoqlari"  AJ ijtimoiy tarmoq adminlari hamda fuqarolardan bunday asoslanmagan va eski xabarlarni tarqatmasliklarini so`raydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar