Farg`onada 15 yoshli voyaga etmagan shaxs joriy yil 17 oktyabr kuni Farg`ona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqidagi xabarlarkeng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar Vaziri o`rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullaev o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
– Bir norasidani voyaga etkazish qancha mashaqqat talab etadi?! Eslasam, hamon yuragim og`riydi. Bu holat haqiqiy sovuqqonlik bo`ldi. Xatoga yo`l qo`ygan xodimlar qamoqqa olindi. O`zim boshchiligimda attestasiya komissiyasi tashkil etildi. Xodimlar to`liq shahodatlashdan o`tadi. Tan olaman, bu voqea tizimni kechirilmas xatosi bo`ldi. Bir yil oldin O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan ”Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazlari to`g`risida”gi nizomni ishlab chiqishda bosh qosh bo`lganmiz. Mas`uliyatni bo`ynimizga olganmiz. Prezidentga mazkur tizimni "ipidan ignasigacha" to`g`ri tashkil etish uchun so`z berganmiz. Prezident oldida ham uyatlimiz. Ishoning, agar shu bolaning hayotini saqlab qolish uchun kerak bo`lsa, men hech ikkilanmay, o`z lavozimimdan voz kechardim, – dedi Bekmurod Abdullaev.
Mavzuga doir: Toshkentda bloger 15 yoshli bolaning o`limi sabab ichki ishlar vaziri iste`fosini so`rab, piket uyushtirdi






