AsosiyDunyo

Qozog`iston "Mir" kartalari orqali pul operasiyalariga ruxsat oldi

'Qozog`iston "Mir" kartalari orqali pul operasiyalariga ruxsat oldi'ning rasmi

Qozog`iston banklariga Rossiyaning "Mir" kartalari orqali to`lovlar va o`tkazmalarni qabul qilishga ruxsat berildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. 

"AQSh Moliya vazirligining chet el aktivlarini nazorat qilish bo`yicha boshqarmasi Rossiyadan Qozog`istonga ko`chib o`tgan fuqarolarning "Mir" karta tizimidan foydalanishiga qarshilik qilmaydi", — deb yozilgan idoradan kelgan maktubda.

Ammo Rossiyaga qarshi sanksiyalarni aylanib o`tishga yo`l qo`ymaslik maqsadida barcha pul operasiyalari nazorat qilinadi.

Qozog`iston banklari "Mir" tizimiga ulanish haqida mustaqil qaror qabul qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar