AsosiyJamiyat

Olmaliqda 10 kun ichida 5 ming xonadonning bir kunlik gazini o`g`rincha ishlatgan zavod qo`lga tushdi (video)

'Olmaliqda 10 kun ichida 5 ming xonadonning bir kunlik gazini o`g`rincha ishlatgan zavod qo`lga tushdi (video)'ning rasmi

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan 8 dekabrdan 9 dekabr kuniga o`tar kechasi Toshkent viloyatidagi yuridik iste`molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holati bo`yicha tungi nazorat tadbiri o`tkazgan.

O`rganish davomida Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq g`ishtchi” MChJga qarashli g`isht ishlab chiqarish zavodi gaz ta`minoti tashkiloti tomonidan joriy yilning 29 noyabr kuni gaz tarmog`idan ajratilganiga qaramasdan, o`zboshimchalik bilan tarmoqqa noqonuniy ulanib tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Korxona tomonidan noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 118 ming kub metrni tashkil etgan. Qayd etilishicha, ushbu hajmdagi tabiiy gaz 5 000ga yaqin hovli xonadonning kuz-qish mavsumida 1 kunlik iste`molini tashkil qiladi.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun Olmaliq shahar prokuraturasiga topshirilgan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hududlar bo`ylab nazrat tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar