"O`zgidromet" haftaning so`nggi kunlarida mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Bugun respublikaning ba`zi joylarida qor yog`adi, janubda yomg`ir va qor ko`rishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 0...-5 daraja sovuq, shimolda va cho`l hududlarda -4...-9 daraja sovuq atrofida bo`ladi, bu ushbu kunning iqlimiy qiymatlaridan -8...-10 darajaga pastdir.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida sovuq va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari -5...-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...-5 daraja sovuq, shimolda va cho`l hududlarda kechalari -17...-22 daraja sovuq, 10 dekabrda ba`zi joylarda -24 darajagacha, kunduz kunlari -4...-9 daraja sovuq atrofida bo`ladi.
Respublikaning ba`zi joylariga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.






