Respublika Gidrometeorologiya markazi O`zbekiston bo`yicha 9 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, ba`zi joylarda 24 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo`ladi.
Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, Navoiy viloyati shimolida kechasi 15-20 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Respublika tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo`ladi.






