Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ikki qizi va uning amakivachchasi Evropa Ittifoqining sanksiyalar ro`yxatiga kiritiladi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Evropa Ittifoqi Rossiya rasmiylari va siyosatchilariga qarshi sanksiyalarni kengaytirishda davom etmoqda. Navbatdagi sanksiyalar to`g`risidagi qaror Bryusselda qabul qilinadi. Sanksiyalar Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning oilasiga ham qaratilgan. Jumladan, uning ikki qizi va amakivachchasi sanksiylar ro`yxatidan joy oladi.
Umuman olganda, sanksiyalar 136 kishiga, jumladan, 20 nafar Duma deputatiga, Rossiya maslahat kengashining 22 nafar a`zosiga va Ukrainadagi g`alla o`g`irlanishi uchun javobgar bo`lgan uch bosh vazir o`rinbosariga taalluqlidir.
Ro`yxatga 10 nafar rossiyalik sudya, shuningdek, bolalarni deportasiya qilish bilan bog`liq etti nafar amaldor va gubernatorlar kiritiladi. Bundan tashqari, 31 nafar zobit Ukraina obektlari va infratuzilmasiga raketa hujumlari uchun javobgar.
Eslatib o`tamiz, oktyabr oyida Yaponiya sanksiyalari ostiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, uning qizlari Ayshat (Checheniston madaniyat vaziri), Xadijat (Grozniy maktabgacha ta`lim boshqarmasi boshlig`i) va Tabarik, shuningdek, Ramzan Qodirovning rafiqasi Medni Qodirova kiritilgandi.






