AsosiyDunyo

Rossiyada Evropa bo`yicha OIV bilan kasallanishning eng yuqori ko`rsatkichi qayd etildi

'Rossiyada Evropa bo`yicha OIV bilan kasallanishning eng yuqori ko`rsatkichi qayd etildi'ning rasmi

Rossiyada Evropadagi OIV infeksiyasi bilan kasallanganlarning eng yuqori ulushi qayd etildi. Bu haqda Birlashgan millatlar tashkilotining OIV/OITS bo`yicha qo`shma dasturi va Evropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazining hisobotida xabar berildi.

Qayd etilishicha, mamlakatda 100 ming aholiga 40 ga yaqin infeksiya holatlari to`g`ri keladi.

Postsovet davlatlaridagi OIV bilan kasallanishlar Ukrainada 37,1 holat, Moldovada 25,9, Qozog`istonda 18,7 holat qayd etilgan.

Shuningdek, ro`yxatga Belarus (15,6), Armaniston (15,2), Gruziya (14,1), Qirg`iziston (12,9), Latviya (11,2), Tojikiston (9,5) va Estoniya (9,4) kiritilgan.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, butun dunyo bo`yicha ushbu virusni yuqtirgan 1,5 million kishidan 3,9 foizi Rossiyada yashaydi. Kasallanishlarning eng ko`p soni Janubiy Afrikada qayd etilgan — barcha holatlarning 14 foizi.

Ikkinchi o`rinda Mozambik (6,5 foiz), uchinchi o`rinda Nigeriya (4,9 foiz). Hindistonda esa barcha holatlarning 4,2 foizi qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar