AsosiyJamiyat

Benzin narxini oshirgan yoki sifatsiz benzin sotgan AYoQShlar lisenziyasidan mahrum bo`ladi (video)

'Benzin narxini oshirgan yoki sifatsiz benzin sotgan AYoQShlar lisenziyasidan mahrum bo`ladi (video)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan benzin narxining asossiz oshirilishi bilan bog`liq xabarlarga oydinlik kiritdi.

“Bizning zavodlarda ishlab chiqarilayotgan va etkazib berilayotgan benzin sifati qattiq nazorat qilinadi. Iste`molchilarga etkazib berish jarayonida ham qandaydir noqonuniy xatti-harakatlar bo`lsa, biz buni nazorat qilamiz. 

Bunday xabarlar kelib tushganda biz neftinpeksiya xodimlarini joylarga chiqargan holda, benzinning nafaqat sifatini, balki Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi bilan birgalikda narxini ham nazorat qilish bo`yicha choralar ko`ryapmiz", - deydi vazir. 

Vazirning ta`kidlashicha, benzin narxini asossiz oshirib yuborgan yoki sifatsiz benzinni, qolaversa, "Ai-80" markali benzinni "Ai-92" deb sotgan AYoQShlarning lisenziyasini bekor qilishgacha bo`lgan choralar ko`riladi.

Shuningdek, metan gaz “zapravka”larga qo`yilgan cheklovlar davrida benzinga talabni oshishini hisobga olinib, benzinni birjada sotuvga chiqarish bo`yicha belgilangan miqdor ham oshirilgan. Hozirgi kungacha 2 400 tonna "Ai-80" birjada sotuvga chiqarilgan bo`lsa, kechadan, ya`ni iste`mol oshgan kundan boshlab bu ko`rsatkich 3,5 ming tonnaga etkazilgan. 

 

 

    Boshqa yangiliklar